Loyihaning maqsadi: Kimyoterapiya toksikligini kamaytirish va davolash samaradorligini oshirish maqsadida molekulyar-genetik maʼlumotlarga asoslangan bolalarda oʻtkir limfoblast leykemiyani (OLL) individual yondashuv bilan davolash usullarini ishlab chiqish.
Asosiy vazifalar:
- TPMT genining mutatsion spektrini DNK sekvensiyalash usuli orqali oʻrganish.
- TPMT polimorfizmlari va mutatsiya tashuvchilarini aniqlash imkoniyatlarini baholash (2025 y.).
- 6-MP metabolitlar darajalari, toksiklik va davolash samaradorligi oʻrtasidagi bogʻliqlikni tahlil qilish.
- TPMT genidagi mutatsiyalar va noyob genetik oʻzgarishlar boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish:
- Kariotiplash (giper-/gipoploidiya),
- FISH (ABL1, PDGFRB, TP53 va b. boʻyicha delesiyalar va translokatsiyalar),
- PCR (JAK2, CALR, MPL va b.) – 2026 yilgacha.
- Olingan maʼlumotlarga asoslangan holda OLL bilan kasallangan bolalarda kimyoterapiya asoratlarini kamaytirish uchun davolash algoritmini ishlab chiqish (2027 yilgacha).
Kutilayotgan natijalar:
- Diagnostika aniqligini oshirish va davolashning shaxsiylashtirilgan yondashuvi.
- Nojo‘ya taʼsirlar sonini kamaytirish va davolash natijalarini yaxshilash.
- Molekulyar diagnostikani Oʻzbekiston klinik amaliyotiga joriy etish.
Loyiha rahbari:
tibbiyot fanlari doktori S.Z. Ibragimova.