🤝 Tashrif doirasida samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔹 bolalarda uchraydigan og‘ir va kam uchraydigan kasalliklarni davolashda zamonaviy yondashuvlar,
🔹 klinik va ilmiy hamkorlik imkoniyatlari,
🔹 qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish va tajriba almashish.
Delegatsiya tarkibiga quyidagilar kiritilgan:
Dr. Mujtaba Ali Khan — Burjeel Medical City bosh direktori
Dr. Ibrohim Abu-Geyda — Burjeel Cancer Institute bosh shifokori
Filip Shabo, Sharlotta Galardo va Ahdia Mirzokarimova — xalqaro tibbiy tajribaga ega ekspertlar
🩺 Mehmonlar uchun Markaz bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi — shifokorlarimiz bo‘limlar tuzilmasi, diagnostika va davolash imkoniyatlari hamda muassasaning ilmiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma'lumot berishdi.
💡 Suhbat chog‘ida onkologiya, transplantatsiya, radioterapiya, immunologiya sohalaridagi innovatsion texnologiyalar va bolalarni davolashda multidisiplinar yondashuvga alohida e’tibor qaratildi.
🔬 Jahon tajribasi va ilg‘or yechimlarni O‘zbekiston bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish tizimiga joriy etish — jamoamiz faoliyatidagi ustuvor vazifalardan biridir.