news
“Transplantatsiyadan keyingi o’tkir immun rad javobini (OIRJ) erta diagnostika qilish uchun genetik va hujayraviy biomarkerlarga asoslangan invaziv bo’lmagan kompleks tekshiruv usullarini ishlab chiqish”
Loyihaning maqsadi: Transplantatsiyadan keyingi retsipientlarda o’tkir immun rad javobini erta aniqlash va og’ir asoratlar, nogironlik va o’lim holatlarining oldini olish uchun davolash choralarini o’z vaqtida ko’rish.

Asosiy vazifalar:

  • Sitologik, immunologik va molekulyar-genetik yondashuvlar asosida invaziv bo’lmagan kompleks diagnostika usullarini ishlab chiqish.
  • Transplantatsiyadan keyingi dastlabki kunlarda va 4 oy davomida bemorlarni dinamik kuzatish protokolini yaratish.
  • Immun rad javobini o’z vaqtida bostirish uchun yangi davolash protokollarini ishlab chiqish.
  • Yurakning tug‘ma nuqsonlarini tashxislash va davolash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash.
  • Yangi usullarni tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etish.

 

Kutilayotgan natijalar:

Transplantatsiya qilgan bolalarda erta diagnostika va shaxsiylashtirilgan davolash yondashuvi hisobiga og’ir asoratlar, nogironlik va o’lim darajasini kamaytirish.

 

Loyiha rahbari:

tibbiyot fanlari doktori, professor D.Sh. Polatova.