Loyihaning maqsadi: Bolalarda miya o‘simtalarini aniq, xavfsiz va kam invaziv usulda olib tashlash uchun neyroxirurgik robot yordamida yuqori texnologiyali neyroxirurgiya usullarini ishlab chiqish va joriy etish.
Asosiy vazifalar:
- Jarrohlik aralashuvlarining sifatini va xavfsizligini oshirish.
- Operatsiyadan keyingi asoratlar va reabilitatsiya vaqtini kamaytirish.
- Yangi avlod neyroxirurglarini tayyorlash.
- Telemeditsina va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Kutilayotgan natijalar:
- Bolalarda miya o‘simtalaridan omon qolish va hayot sifatining oshishi.
- O‘zbekistonning mintaqadagi yuqori texnologiyali tibbiyot markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlash.
- Chet elda davolanish zaruriyatini kamaytirish.
Loyiha rahbari:
tibbiyot fanlari nomzodi G.B. Mamedova.